"Tottenxem" futbolchisini 30 mln evroga sotdi

  • 06.07.2022 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" klubining hujumkor yarim himoyachisi Stiven Bergveyn faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Ayaks" bilan shartnoma imzolagan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 5 yilga tuzilgan.

O‘z navbatida Amsterdam klubi Bergveyn uchun “shporlar”ga 30 mln evro to‘laydigan bo‘ldi.

Stiven Bergveyna “Tottenxem”da o‘tkazgan uch mavsum davomida jami 83 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!