"Tottenxem" o‘z etakchisidan ayrildi

  • 29 yanvar, 2021, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn jarohat olib safdan chiqdi.

Angliyalik futbolchi APLning 20-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga (1:3) qarshi o‘yinda jarohatlandi va tanaffusda zaxiraga olindi. Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Keynning to‘pig‘i shikastlangan.

27 yoshli Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 29 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!