"Tottenxem"ga Timoti kerak

  • 22.04.2020 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi "Atalanta" yarim himoyachisi Timoti Kastanning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shporlar” 24 yoshli belgiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. Bergamoliklar ham uni sotib yuborishga tayyor. Boisi, Timotining klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Kastan joriy mavsum “Atalanta” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!