TsSKA Fayzullaev bo‘yicha muhim qarorga keldi!

  • 18 dekabr, 2024, 23:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbek futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga 500 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Iste’dodli hujumkor futbolchi qisqa fursatda “armiyachilar” etakchisi aylandi. Debyut mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

Bugungi kunda TsSKAning hujum chizig‘ini o‘zbek futbolchisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Poytaxt klubi muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan Abbosning o‘yiniga bog‘liq. Fayzullaev TsSKAdagi asosiy figuralardan ekaniga hech kim shubha qilmaydi.

Biroq 21 yoshli legionerimiz jamoada eng past maosh oladigan o‘yinchilardan biri bo‘lib qolayotgan edi.

Yaqinda Rossiyaning Sashsport sayti TsSKA futbolchilarining maoshlarini keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, Fayzullaev yiliga umumiy hisobda 110 ming evro mablag‘ olayotgani aytilgan.

Solishtirish uchun uning jamoadoshlariga to‘lanayotgan summalarni keltirish mumkin. Jumladan, jamoa sardori darvozabon Igor Akinfeevning yillik maoshi 1,6 million evroni tashkil etadi. Igor Diveev 1,5,  Ivan Oblyakov 1,25, Danil Krugovoy 1 million evro maosh olishi qayd etilgan.

Yaqinda Frantsiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosedad” klublari Abbosbek Fayzullaevga jiddiy qiziqayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. Shundan so‘ng,  TsSKA rahbariyati o‘zbek futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilish harakatiga tushib qoldi. Garchi hali tomonlar yangi bitim bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan bo‘lsa-da, “armiyachilar” Fayzullaevning maoshini ko‘tarishga qaror qildi.

Bu haqida taniqli insayder Ivan Karpov ma’lum qildi.

- Fayzullaev — klubda debyut qilganidan beri TsSKAning eng samarali o‘yinchisi bo‘lib turibdi. 21 yoshli futbolchi Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida sakkizta gol va 15 ta assist qayd etgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

• Fayzullaev — 23 (8 gol+15 pas)

• Musaev — 20 (15 gol+5 pas)

• Kellven — 17 (5 gol+12 pas).

Ushbu samaradorlikni taqdirlash lozim. Fayzullaevning shartnomasida muayyan shartlar bajarilsa, maosh ko‘tarilishi belgilangan. Biroq, klub rahbariyati muddatidan avval, ya’ni 1 dekabrdan boshlab, Abbosning maoshini oshirishga qaror qildi, - deb yozmoqda Ivan Karpov.

Abbosbek Fayzullaevning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirish imkoniyatiga ega.

Transfermarkt portali ekspertlari 21 yoshli hujumkor futbolchining transfer summasini sakkz million evroga ko‘tardi.

Grand klublar o‘zbekistonlik 17 yoshli yangi talant uchun kurash boshladi

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qanday qarorga keldi?

Husanov “yondiryapti”, u katta o‘zgarish qildi!

Fayzullaev charchab qoldi...

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
19/12/2024 09:20
Укувчиси энг кам сайт спортс уз сайти.Узларинг сабабчисизлар.Бир мавзуни 50 марта кайтараверасизлар.
&
998913335306
18/12/2024 20:34
2023 йилда Шомуродов эди мавзуси. Бу йил Аббос. Келгуси йилга яна битта мавзуни шиор килишни режалаштириб олинглар.
uz fifa.uz
18/12/2024 20:31
90 chi yillardagi sozlarni qayta qayta yozasilar bitta maqolaga kirib uqiyman desam otasidan tugulgandan onasi ulgangacha yozasilar nima keragi bor bunaqa bemanilikni juda zeriktirib yubordinglar aqalli muxlislaringni xurmat qilib tariixini yozmasdan dangalini yozinglare
&
998913335306
18/12/2024 20:29
Бу журналист ларга дуо кетган-ку. Битта хабарни топиб олса. 20таси шу хабарни каторларини жойини алмаштириб 20 та хабар килади. Мана уларга пул топишни ЭНГ осон йўли.
uz fifa.uz
18/12/2024 20:29
nega buncha sifatsiz maqola chiqarasilar bitta narsani chaynab chiqarasilar sal muxlislarni xam uylangare
&
Olimov imomali
18/12/2024 19:18
Qancha maosh oladigan buldi gapingiz mazmunsizku hudi sabzisi yuq oshga uhshaydi
Baxil Alihuja
18/12/2024 18:48
битта нарсани чайнавураслар-ми?