TsSKAni Fayzullaev ushlab turibdi yoxud ekspertlar Abbosning o‘yinini qanday baholayapti?

  • 6 noyabr, 2023, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasining eng omadli transferi sifatida e’tirof etilmoqda. Chempionatning 14-turida ham legionerimiz “Nijniy Novgorod” darvozasiga kiritilgan jamoasining ikki golida bevosita ishtirok etdi.

volga (2)_1

O‘yinda 3:2 hisobida zafar quchgan TsSKA futbolchilari musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bellashuvdan keyin “Nijniy Novgorod” bosh murabbiyi Sergey Yurandan jurnalistlarning “Mag‘lubiyatga shogirdlaringizning individual xatolari sabab bo‘ldimi yoki Abbosbek Fayzullaevning kuchli o‘yinimi?”, degan savoliga quyidagicha javob berdi.

- Abbosbek Fayzullaevning tezlik olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi. Futbolchilarimizga tezkor reaktsiya va intensivlik etishmadi. Fayzullaev tezkorligini namoyish qildi. Himoyachilar unga imkon qadar yaqin o‘ynab, joy qoldirmasligi kerak edi, - dedi Sergey Yuran.

TsSKA sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov Abbosbek Fayzullaevning “Nijniy Novgorod”ga qarshi o‘yinini quyidagicha baholadi.

- Hisob qanday bo‘lishidan xavotirga tushganim yo‘q. Jamoa ertami, kechmi boshqacha o‘ynay boshlashini bilardim. Birinchi bo‘limda, “armiyachilar” juda sodda o‘ynadi, oson g‘alabaga ishondi shekilli. Oqibatda, raqib ikki marta hisobda oldinga o‘tib oldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin umuman boshqacha ketdi. TsSKA endi qanotlardan o‘ynashga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. hozir hamma markazdan hujum uyushtirishga o‘tib olgan. Ko‘pchilik burchak zarbasidan gol urishga ishonib qolyapti.

Mana Fayzullaev paydo bo‘ldi va chap qanotda qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Abbos ikkita golni yaratib berdi. Endi o‘ng tomondan shunaqa o‘ynaydigan futbolchini topish kerak. Umuman olganda, TsSKA g‘alabaga munosib o‘ynadi, to‘pga ko‘proq egalik qildi, tezkorlik ko‘rsatdi, - dedi Vladimir Ponomaryov.

TsSKA tarixidagi eng kuchli o‘yinchilardan bo‘lgan Evgeniy Aldonin ham o‘zbek legionerining jamoadagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

- TsSKA uchun juda murakkab o‘yin bo‘ldi.  Bu vaziyatda musobaqalar taqvimining tig‘izligi va tarkibda muammolar borligini ham inobatga olish kerak.

Uy uchrashuvlarda jamoada har tomonlama ustunlik qilishini kutamiz. Lekin “Nijniy Novgorod”ga qarshi bahda ikki marta natijani qutqarishga to‘g‘ri keldi.

Vladimir Fedotov  jamoaning o‘yin uslubiga o‘zgarishlar kiritdi va bu o‘z samarasini berdi, futbolchilar imkoniyatdan foydalanib qoldi.

Men uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abbos Fayzullaev bo‘ldi. Ayni paytda Abbos butun jamoani ushlab turibdi, u doim jamoadoshlarini olg‘a boshlayapti, ajoyib dribling va aniq paslarga ega o‘yinchi ekan, - dedi Evgeniy Aldonin.

2023_10_29_019

Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasidagi 13 ta uchrashuvda  o‘z hisobiga bitta gol va oltita assist yozdirib qo‘ydi.

Nima bo‘lganini Fayzullaevdan so‘ranglar!

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Futbolchilarimizni “Bavariya” skautlari kuzatdi...

Fayzullaev: Boshida meni ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lishgan edi...

Shomurodov boshqa ligaga o‘tishi mumkin

Fayzullaev Portugaliya, Nidelandiya grandlari, turklar va arablar takliflarini qabul qilmadi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
A A A A A
07/11/2023 17:36
Куп мактов хам зарарли.Футбол жамоавий уйин.Хар бир уйинчининг уз урни ,вазифаси бор.
Абдухаликов Мухаммад
06/11/2023 08:35
Аббосбекни омад тарк этмасин