Shomurodov boshqa ligaga o‘tishi mumkin

  • 6 noyabr, 2023, 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eldor Shomurodov bugungi kunda eng mashhur futbolchimiz. U o‘z nomini mamlakatimiz futbol tarixiga muhrlagan. Bundan tashqari, u O‘zbekiston milliy terma jamoasida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi. Shomurodov mamlakatimiz bosh jamoasida 66 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 37 marotaba ishg‘ol qilgan.

IMG_0561

“Yuventus”da tarbiyalangan Ilyos Zeytullaevdan keyin Italiya chempionatida to‘p tepgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lishiga qaramay, Shomurodov kuchli beshlik chempionatlari qatoriga kiruvchi A Seriyada gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Eldorning 2020 yili Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov”dan Italiyaning eng qadimiy klubi - Genuyaning “Jenoa” jamoasiga yo‘l olishi yilning eng shov-shuvli transferlaridan biri bo‘lgandi.

Bu masalani hal etishda Eldor Shomurodovga Prosports Management konsalting kompaniyasi ham yordam bergan. Hozirgi paytda bir necha o‘zbek legionerlari manfaatini himoya qilayotgan Qahhor Mo‘minov sport24.ru  saytiga bergan intervyusida Eldor Shomurodov faoliyatiga doir ma’lumotlar bilan ham o‘rtoqlashdi.

— Shomurodovning ishlari qalay? “Kalyari”ga ijaraga ketishidan oldin Joze Mourino bilan gaplashdingizmi?

— Eng muhimi, Klaudio Raneri bilan qanday gaplashganimiz bo‘ldi.  Jahon futbolining ajoyib, tanti va juda e’tiborli murabbiyi – Raneri bilan bo‘lgan suhbatimiz Eldorni Sardiniya variantini tanlashga undadi.

— Har bir transfer davri Eldorni Rossiyaga qaytishi bilan bog‘liq ma’lumotlarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Eshitishimcha, yozda “Spartak” unga jiddiy qiziqish bildirgan va Shomurodov ham bir necha marta Moskvaga kelib-ketgan ekan. Bu o‘yinchining istiqboldagi transferi bilan bog‘liq emasmi?

— Rossiyaning ikki klubidan jiddiy qiziqish bo‘ldi. Bir taklif Moskvadan, ikkinchisi, chempionatning hozirgi peshqadamidan.

Lekin maslahatlashib, hozircha Italiyada qolishga qaror qildik.

— Shomurodov faoliyatining rivojlanish strategiyasi qanday bo‘ladi?

— Keling, katta gapirmaylik. Hozir Shomurodov o‘zini qo‘lga olib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni va samaradorlikni qaytarishi lozim. Undan turli kutilmagan echimlar paydo bo‘ladi.

—Hozirning o‘zida unga Turkiya va Yaqin Sharq klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti. 2024 yilning yozida Eldorning “Roma” bilan shartnomasi tugashiga kam vaqt qoladi. Ana o‘shanda hammasini ko‘rib chiqamiz.

image_2023-10-15_22-27-39

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yili “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan palla hujumchimiz uchun A Seriyadagi eng muvaffaqiyatli mavsum bo‘ldi. 2021 yilning yozida “Roma” bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgan hamyurtimizning poytaxt klubida ishlari yurishmadi. O‘tgan mavsumni ikkinchi qismini Shomurodov “Spetsiya”da o‘tkazib, atigi bitta gol urdi.

Yozda “Kalyari” o‘zbek legionerini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir million evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Agar Eldorning o‘yini Klaudio Raneriga ma’qul kelsa, sardiniyaliklar yozda yana 9 million evro to‘lab, transferni to‘liq amalga oshiradi. Biroq hozircha 28 yoshli hujumchimizning o‘yini qovushmay turibdi.

Demak, Shomurodovning kelajagi bo‘yicha ko‘p narsa Eldor mavsumning qolgan qismini qanday o‘tkazishiga bog‘liq bo‘ladi.

Futbolchilarimizni “Bavariya” skautlari kuzatdi...

Fayzullaev: Boshida meni ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lishgan edi...

Shomurodov boshqa ligaga o‘tishi mumkin

Fayzullaev Portugaliya, Nidelandiya grandlari, turklar va arablar takliflarini qabul qilmadi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
04/11/2023 18:12
Кимга керак, омадсиз шома
Pardayev Shavkat
06/11/2023 12:53
Яхши. Шундай маълкмотлардан кўпроқ бўлсин.
Эргашев Файзулло
05/11/2023 09:28
Гол урмаган хужумчи сути йук сигир кимга керак
&
Адхамжон Низомов
04/11/2023 19:42
Хали уйини очилиб кетади.Агар купрок уйинга туширилса.Менда кандайдир ишонч бор Элдорга.с