Nima bo‘lganini Fayzullaevdan so‘ranglar!

  • 5 noyabr, 2023, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 14-turida futbol ishqibozlari Moskvada “o‘zbek derbisi”ga guvoh bo‘ldi. Uchrashuvda TsSKA vakili Abbosbek Fayzullaev “Nijniy Novgorod” himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga qarshi o‘ynadi.

Tecno

Bahsda “armiyachilar” ikki marta hisobda ortda qolganiga qaramay, bellashuvda g‘olib chiqdi – 3:2. TsSKAning g‘alaba to‘plaridan ikkitasida Fayzullaevning hissasi katta bo‘ldi. Ikkinchi to‘p kiritilgan vaziyatda Abbosbek Fayzullaev tepgan to‘p Ibrohimhalilga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Abbos Viktor Davila urgan uchinchi golga superpas bilan hammualliflik qildi.

TsSKAning birinchi goli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Oblyakov uzatgan to‘pni Fyodor Chalov darvoza to‘riga to‘g‘rilab qo‘yishga urindi. U golni nishonlab, tabriklarni qabul qilib olgan bo‘lsa-da, gol Ivan Oblyakov hisobiga yozildi.

1697399532_fayzullaev

O‘yindan keyin Fyodor Chalov aslida gol muallifi kimligini Abbosbek Fayzullaevdan so‘rash kerakligini ta’kidladi.

— Juda qiyin o‘yin bo‘ldi, qanday jamoaga qarshi o‘ynayotganimizni bilib turgandik. Ular birinchi bo‘lib to‘p kiritsa, himoyaga yotib olishini ham bilardik. Eng muhimi – muxlislarga yoqadigan zo‘r o‘yin bo‘ldi. Kambek har doim qiziq tuyuladi.

Birinchi gol bo‘lgan vaziyatda to‘pga tegindim. Buni Abbosbek Fayzullaevdan so‘rashingiz mumkin, u meni himoya qilib, to‘pga teginganimda ovoz chiqqanini tasdiqladi. Oblayakovning o‘zi “Golni o‘zingga olaver, senga ko‘proq kerak”, dedi.

“Nijniy Novgorod” qoyil qoldirdi, o‘yinchilar harakatchan ekan. Bellashuvda omad biz tomonda bo‘ldi.

— Ikkinchi bo‘limga reja qanday edi?

— O‘yinni qayta tashkil qilib, imkoniyatdan foydalanib qoldik.

— Rossiya Premer-ligasida eng zo‘r to‘purar bo‘lish maqsadi bormi?

— Hali bunga qaraganim yo‘q. Har bir uchrashuvda gol urishdan xursand bo‘laman.

— O‘zingga bo‘lgan ishonch oshdimi?

— Hamma hujumchilarda shu holat bo‘ladi.

— Fayzullaevning o‘yiniga baho ber...

— Fayzullaevga ko‘z tegib qolishini istamayman. Lekin unga balli. Mehnat qilishda davom etsin.

volga (1)_1

Ushbu g‘alabadan keyin TsSKA musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Moskvalik “armiyachilar” Premer-ligadagi navbatdagi turini 11 noyabr kuni safarda “Fakel” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Futbolchilarimizni “Bavariya” skautlari kuzatdi...

Fayzullaev: Boshida meni ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lishgan edi...

Shomurodov boshqa ligaga o‘tishi mumkin

Fayzullaev Portugaliya, Nidelandiya grandlari, turklar va arablar takliflarini qabul qilmadi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!