Turk klubining Ronaldu borasidagi niyati jiddiy

  • 7 oktabr, 2022, 21:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yanvar oyidagi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Futbolchiga Turkiya chempionatida da’vogar bor, deb xabar beradi "Fotomac" nashri.

OAV xabariga ko‘ra, 37 yoshli to‘purarga Istanbulning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiyaning top-klubi o‘tgan yozda KriRoga qiziqish bildirgandi, biroq o‘sha paytda kelishuvni yakunlab bo‘lmadi. “Arslonlar” kelayotgan qishda yana bir urinib ko‘rmoqchi.

Ronalduning o‘zi avvalroq "Manchester Yunayted"dan ketish niyati borligini ma’lum qilgandi, biroq u o‘ziga mos klub topa olmadi. Bu mavsumda Krishtianu “qizil iblislar”ning zaxira futbolchisiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!