Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshehir" yana mag‘lubiyatga uchradi. Eldor Shomurodov to‘liq harakat qildi. Fayzullaev esa zaxiradan tushdi
Turkiya Superligasining 7-turidan o‘rin olgan "Gyoztepe" - "Istanbul Bashakshehir" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda maydon egalari minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi yagona golni birinchi bo‘limning 43-daqiqasida Xuan Santos da Silva kiritib, jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi. Abbosbek Fayzullaev esa 61-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, Nuri Shahin boshqaruvidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘tgan turda "Konyaspor"ga ham 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Jamoani endi qiyin uchrashuv kutib turipti. "Bashakshehir" navbatdagi o‘yinini 18 oktyabr kuni turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Galatasaray"ga qarshi maydonga tushadi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Göztepe
- Juan 43'
05.10.2025 22:00

Fikrlar