
Tuxel "Chelsi"ga super yulduz kelishiga qarshi chiqmoqda!
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Chelsi"ga kutilayotgan transferi amalga oshmasligi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, London klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 37 yoshli portugaliyalik futbolchining sotib olinishiga qarshi chiqqan.
Ronalduning agenti Jorje Mendesh "Chelsi" xo‘jayinlaridan hisoblangan Todd Boeli bilan mijozining transferi borasida muzokaralar olib bordi, ammo bu masala bo‘yicha yakuniy qaror har doim murabbiyga bog‘liq hisoblanadi.
"Chelsi" endi bor e’tiborini boshqa maqsadlarga qaratmoqda. Tuxel Ronalduni jamoada ko‘rishni istamayapti.
37 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda jami 39 o‘yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar