
Tuxel transferimizni barbod qildi
“Chelsi” markaziy himoyachisi Xaver Mbuyambaning agentlari bosh murabbiy va klub rahbariyatining qaroridan norozi bo‘lmoqda.
Mbuyamba “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Kataloniya klubidan “Chelsi”ga o‘tgandi. Tomas Tuxel yoshlar jamoasi etakchisi bo‘lgan himoyachini birinchi tarkibga kiritmadi.
Xaver Mbuyambaga boshqa klublardan takliflar bor. Lekin “aristokratlar” jamoada jarohat olayotgan va koronavirusga chalinayotganlar ko‘pligi bois yosh o‘yinchining ketishiga yo‘l qo‘ymayapti.
Himoyachining manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar Tuxel uni o‘ynatmayotgani va bu etmaganidek ketishiga ruxsat bermaganidan keskin norozi.
- Bizga Britaniya va Niderlandiyadan jo‘yali takliflar tushgandi. Lekin “Chelsi” ularning barini blokladi. Bu o‘yinchiga nisbatan g‘irromlikdir, - dedi agent.
Endi qishki transferlar vaqti o‘tdi. Mbuyamba yozda birinchi jamoaga jalb qilinmasa, agentlari unga boshqa klub izlashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar