U “Chelsi”dan ketmoqchi

  • 21 fevral, 2022, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati “Atletiko”dan ijaraga olingan Saul Nigesga mavsum yakunlanishi bilan Madridga qaytish kerakligi haqida xabar berdi.

Tecno

“Aristokratlar” murabbiylar shtabi ishonchini oqlay olmagan ispan yarim himoyachisini sotib olish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi. Aslida londonliklar yanvar oyidayoq Nigesni ortga qaytarmoqchi edi.

Lekin jamoada koronavirus bilan og‘riganlar ko‘payib ketgani bois Tomas Tuxel uning ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Kelishuvga ko‘ra, “Chelsi” Saulni olib qoladigan bo‘lsa, ispan klubiga 40 million evro miqdorida badal to‘lashi belgilangan. Endi mavsum oxiriga qadar tajribali futbolchi qay darajada o‘yin ko‘rsatsa ham Londonda qoldirilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!