Ronaldu baribir eng zo‘ri ekan!

  • 5 iyun, 2022, 23:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mutaxassis Pol Merson o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” safida faqatgina ikki nafar o‘yinchi ishonchni oqlaganini ta’kidladi.

Tecno

- Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning hafsalani pir qilmagan yagona o‘yinchisi bo‘ldi. Uning  individual ko‘rsatkichlari eng barqaror bo‘lib chiqdi. Shunga qaramay, Ronaldu jamoasiga etarli darajada yordam bera olmadi.

Yangi murabbiy oldida qiyin mashaqqatli mehnat turibdi. Ronalduni olib qolish, vaqtni bekorga sarflash bilan teng. Chunki u kelasi mavsum yakunlanishi bilan jamoadan ketadi.

Darvozabon David de Xea Ronalduning darajasiga yaqin o‘yin ko‘rsatdi. U zarbalarni zo‘r qaytaradi. Men murabbiy o‘lsam, darvozabondan birinchi navbatda aynan mana shuni talab qilardim. O‘ylashimcha, ispaniyalik posbon eng yaxshi formasiga qaytdi, - dedi Pol Merson.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!