U Ronalduning zo‘rligini tan oldi!

  • 18.07.2022 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni maqtadi.

Yaqinda portugaliyalik yulduz “aristokratlar” safiga qo‘shilishi  haqida xabarlar tarqatilgandi. “Chelsi”ning yangi xo‘jayin Todd Byoli Ronalduni klubiga olib kelmoqchi bo‘lgan, lekin Tuxel bu transferni bloklagandi.

- Ronaldu fantastik futbolchi va Angliya premer-ligasidagi raqibimiz hisoblangan fantastik jamoa o‘yinchisidir. Keling, shu bilan to‘xtaymiz. Menga boshqa klublar bizning futbolchilarni muhokama qilishi yoqmaydi. O‘z navbatida, biz ham boshqa jamoalar vakillari haqida gapirmaymiz, - dedi Tomas Tuxel.

Ta’kidlash joizki, Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumni qaysi jamoa safida boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!