
"Udineze" vingeri "Uotford" tarkibini to‘ldirdi
"Uotford" "Udineze"ning 24 yoshli vingeri Ignasio Pussettoni xarid qildi. Bu haqida klub rasmiy sayti rasman e’lon qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2024-yilning yozigacha amal qiladi. Ushbu transfer ingliz klubi uchun 8 million evroga tushdi.
Pussetto 2018-yil iyul oyida "Urakana" klubidan italiyaliklar tarkibiga qo‘shilgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi "Udineze" tarkibida 14 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar