
UFC Fight Night 164 natijalari bilan tanishing...
Erta tongda, San-Pauluda UFC FIGHT NIGHT 164 turniri bo‘lib o‘tdi.
Asosiy voqeada, o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempion Ronaldu Souza (26-8) o‘zining og‘ir vazndagi debyutida hakamlarning qaroriga muvofiq Yan Blaxovichga (25-8) 47-48, 48-47, 48-47 natijasi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Quyida qolgan natijalarni e’tiboringizga havola etamiz:
Asosiy kard
Maurisio Rua (26-11-1) - Pol Krey (12-4-1) jangi durang bilan yakunlandi. Jang natijasi shunday ko‘rinish oldi... 29-28, 28-29, 28-28.
Charlz Oliveyra (28-8) birinchi raundning o‘zidayoq Jared Gordonni (15-4) nokautga uchratdi.
Andre Muniz (19-4) hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq Antonio Arroyo (9-3) ustidan g‘alabaga erishdi. Hisob: 30-27, 30-27, 30-27.
Vellington Turman (16-3) hakamlar qaroriga ko‘ra, Markus Peresni (11-3) 30-27, 30-27, 30-27 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar