
UFC tarixidagi eng yaxshi jang va nokaut kimlarga tegishli? Shon O'Melli javob berdi
UFC sobiq chempioni Shon O'Melli promoushen tarixidagi eng yaxshi jang va nokaut qaysi ekanini aytdi.
"UFC tarixidagi eng zo‘r nokaut - Israel Adesanyaning Aleks Pereyra bilan revanshdagi nokauti edi. Eng yaxshi jang esa "Jon Jons hamda Aleksandr Gustafsson 2" to‘qnashuvi bo‘lgan" - dedi amerikalik "TNT Sports" ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, O'Melli nazarda tutgan Adesanya va Pereyra jangi 2023 yil 8 aprel kuni "UFS 287" turnirida bo‘lib o‘tgan, Jons esa Gustafsson bilan 2018 yil 29 dekabr kuni "UFS 232" turnirida revansh o‘tkazgan.
Fikrlar