
Uzoq kutilgan chaqiruv!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik olib borish maqsadida 2021 yilning 3-4 oktyabr kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Mazkur yig‘in 9-12 oktyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahriga ko‘chadi va termamiz u erda Malayziya hamda Iordaniya milliy jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
"Navbahor" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, terma jamoamizning ushbu yig‘iniga Superliga so‘nggi turlarini barqaror o‘tkazib, muntazam ravishda darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgan “lochinlar” posboni O‘tkir Yusupov ham jalb etildi.
Fikrlar