Vagiz Galiulin: Shuncha yo‘l bosib evrokuboklarda o‘ynamaslik alam qilyapti...

  • 11 may, 2018, 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 9 may kuni Rossiya kubogi finalida hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” klubi finalda quyi divizion vakili hisoblangan Kurskning  “Avangard” (2:1) jamoasini mag‘lub etdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, leningradliklar reglament bo‘yicha kubok sohibi sifatida Evropa ligasida ishtirok etish huquqiga egalar. Biroq, Rossiya futbol ittifoqi jamoani UEFA litsenziyalash talablarini bajarmagani sabab ushbu yo‘llanmadan maxrum etilishi haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng SPORTS.uz muxbiri darxol Vagiz Galiulin bilan aloqaga chiqdi va bu boradagi fikrlarini so‘radi.

- Avvalambor Rossiya kubogini qo‘lga kiritganingiz bilan saytimiz nomidan tabriklaymiz. Bularning barchasi qanday sodir bo‘ldi?

- Tabriklar uchun katta rahmat. Bu g‘alabam o‘zbek futbolining ham g‘alabasidir. Kubok finaligacha bosib o‘tgan yo‘limiz juda mashaqqatli kechdi. Ayniqsa, “Spartak”ka qarshi yarim final bahsi judayam og‘ir bo‘lgan edi. Biroq biz jamoadoshlarimiz bilan bir bo‘lib hech narsaga ahamiyat bermay faqat g‘alaba haqida o‘yladik va yakunda ko‘zlagan maqsadimizga erishdik.

- Eshitishimiz bo‘yicha “Tosno” UEFA litsenziyalash talablarini bajara olmagani sabab o‘zining cho‘ntagidagi Evropa ligasi yo‘llanmasidan maxrum etilarmish....

- To‘g‘risi hozir bu borada nimalar bo‘layotganini o‘zim ham tushunmayapman. Jamoada muammolar juda ko‘p. Moliyaviy muammolar, stadion va hokozo...Shu sababli ham “Tosno” UEFA litsenziyalashidan o‘ta olmayapti. Menimcha jamoa ushbu musobaqada qatnashmasa kerak.

- Bu qadar uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib, xalqaro maydonda o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritgandan so‘ng unda ishtirok etmaslik alam qilmaydimi?

- Albatta, bu juda alamli. To‘g‘risi aksariyat yosh futbolchilarimizda Evropa ligasida o‘ynab, o‘zini xalqaro maydonda ko‘rsatish orzusi bor edi. Ming afsuski bu narsalar biz futbolchilarga bog‘liq emas. Barchasini rahbariyat hal qiladi.

- Bu masalada o‘zgarish bo‘lishi mumkinmi?

- Balkim. Bu borada yaqin 2-3 kun ichida yakuniy qaror e’lon qilinadi.

Baxtiyor TOShTEMIROV suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!