Viktor Karpenko: Sen urmasang, senga urishadi

  • 24.05.2022 23:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Nasaf” (1:4) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Viktor Karpenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Uchrashuv qiyin o‘tdi. Har ikkala jamoada ham darvozani ishg‘ol qilish uchun ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi. “Nasaf”da ijrochilik mahorati bizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘ldi. Vaziyatlarni yakunlash chog‘ida bizga shunday jihatlar etishmadi. Bahsda kuchli jamoa yutdi.

Birinchi bo‘lim rejasiga ko‘ra, biz bo‘sh xududlar ochib, ulardan foydalanishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘lim avvalida bizda yaxshi vaziyat bo‘ldi, ammo undan foydalana olmadik. Sen urmasang, senga urishadi. Uchinchi goldan keyin oldinga tashlandik, hududlarni ochib berdik. “Nasaf”da tezkor futbolchilar juda ko‘p, ular bugun vaziyatlardan foydalanishdi. Biz esa o‘zimiz yaratgan vaziyatlarni yo‘qqa chiqardik.

Imkoniyat doimo bo‘lgan va buning uchun qattiq harakat qilamiz, har bir uchrashuvga yutish uchun tushamiz. Agarda barchasi yaxshi ketsa, yuqori o‘rinlar uchun kurasha olamiz.

"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ruziyev Mahmatqobil
24/05/2022 23:27
Zurga tan berishni bil sening Maxsudovdan nima farqing bor oq teri joyiga kuk teri