Vinisius APL klubiga o‘tishni istisno qilmadi
Futbol insayderi Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, Vinisius Zhuniorning vakillari allaqachon Angliya Premier-ligasining beshta klubi bilan bog'lanib, futbolchi ehtimoliy transfer variantlarini ko'rib chiqishga tayyor ekanini yetkazgan. Xabarlarga ko'ra, ayrim jamoalar bilan dastlabki muloqotlar ham o'tkazilgan.
Manbalar ta'kidlashicha, vaziyat rivojini "Chelsi" juda diqqat bilan kuzatib bormoqda. London klubi Vinisius transfer bozoriga chiqadigan bo'lsa, yirik bitimni ko'rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda.
25 yoshli braziliyalik hujumchi o'tgan mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 53 o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Fikrlar