
Vitaliy Denisovning ahvoli qanday?
Kecha Rossiya chempionati doirasida "Rubin" o‘z uyida "Zenit" bilan kuch sinashdi va mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Bellashuvda hamyurtimiz Vitaliy Denisov 78-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Ammo uchrashuv yakunlangach himoyachimizni shifoxonaga olib ketishdi. Chunki Denisov o‘ng oyog‘idan jarohat olgandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Uning jarohati qay darajada ekanligi va sog‘ayishi uchun qancha vaqt ketishi borasida hozircha ma’lumotlar yo‘q. O‘ylaymizki, Denisovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmaydi.
Fikrlar