Vlaxovichga APLning ikkita grandi qiziqish bildirmoqda

  • 03.10.2022 20:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" futbolchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. "Il Bianconero" nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli hujumchiga “Chelsi” va “Arsenal” da’vogarlik qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Dushan Vlahovich PSJ "radari"da ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Shuningdek, 22 yoshli serb forvarliga "Bavariya" ham qiziqish bildirgani aytilayotgan edi.

Dushan Vlahovich “Yuventus” safida 30 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

"Transfermarkt"  portali Dushan Vlaxovichni 85 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!