Xalqaro shaxmat akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi

  • 09.10.2024 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida Sport vazir o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Xalqaro shaxmat akademiyasi direktori lavozimiga Komil Sindarov nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari yig‘ilish davomida mamlakatimizda shaxmat sohasini yanada rivojlantirish, 2026 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiyadasi o‘yinlariga har tomonlama mukammal tayyorgarlik ko‘rish  masalalari ham muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, bungacha Xalqaro shaxmat akademiyasiga Odiljon Karimov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!