Xavi "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng: "Biz "Barselona"miz! Bu erda hech kim dam olmaydi"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liganing 29-turida "Barselona" "Atletiko" maydoniga safar qilib, 0:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur bahsdan so‘ng kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Balki bu joriy "Barselona"ning eng yaxshi o‘yinidir. Mazkur uchrashuv "Napoli" bilan kechgan bahsga o‘xshab ketdi. 

Biz vaziyatni yaxshi tushundik, yigitlar faol harakatlari bilan ajralib turdi. Bo‘sh hududlardan ham unumli foydalana oldik va o‘z o‘yin falsafamiz bo‘yicha ajoyib o‘yin namoyish etdik. 

Biz "Barselona"miz! Bu erda hech kim dam olmaydi. Futbolchilar har qachongidan ko‘ra ko‘proq mas’uliyatli bo‘lishi lozim. Sababi, oldinda jiddiy sinovlar kutib turibdi. 

Yanada yaxshilanishga va oldimizda turgan ikki sovrinni qo‘lga kiritishga bor kuchimizni sarflaymiz. Hamma bu maqsad yo‘lida bor kuchini ishga solishi darkor", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!