Xavi Ronaldu va Messining sirini ochib qo‘ydi

  • 22.10.2022 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronalduning uzoq yillar davom etgani raqobati haqida fikr bildirdi.

- Krishtianu Leoga qo‘shimcha to‘rtki bo‘lardi va yanada rivojlanishiga ishtiyoq berardi. Ronaldu va Messining o‘zi buni tan olmasliklari mumkin, lekin ular bir birini kuzatib borganiga aminman. Agar senda ishtiyoq bo‘lsa, doim eng zo‘ri bo‘lging keladi, - dedi Xavi.

Ayni paytda har ikki yulduz faoliyatining oxirgi bosqichini davom ettirmoqda.

“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli hujumchisida keskin pasayish kuzatilmoqda va Ronaldu muammolar girdobida qolgan.

35 yoshli Messi esa, bir yil davom etgan tushkunlikdan keyin yana o‘z o‘yinini topib oldi va faoliyatida o‘sish kuzatilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!