
Xavi va Laporta Dembele tufayli urishib qoldi
Marca nashri “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta va bosh murabbiy Xavi Ernandes jamoa bilan shartnomasini uzaytirmagan Usmon Dembeleni tufayli urishib qolgani haqida xabar tarqatdi.
Klub xo‘jayin frantsiyalik futbolchidan achchiqlanib, uning “Barsa” tarkibida boshqa o‘ynamasligini talab qilmoqda.
Xavi esa, hali shartnomasi yakunlanmagan o‘yinchining saviyasini hisobga olib, undan foydalanoqchi. Bosh murabbiy Dembele “Borussiya”da Per-Emerik Obameyang bilan birga o‘ynaganini inobatga olib, frantsiyalik futbolchi kataloniyaliklar yangi hujumchisining jamoaga oson moslashishiga yordam berishiga ishonmoqda.
Endi klub prezidenti va bosh murabbiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, Dembele masalasi muhokama qilinadi.
Fikrlar