
Xavi yangi futbolchini "Barsa"ga sig‘dirmayapti
"Barselona" "Vulverxempton"dan yarim mavsumga ijaraga olingan Adama Traoreni sotib olish haqida o‘ylamayapti.
"Barsa" tarkibida o‘ng qanot hujumida Traore hamda Dembele harakat qiladi. So‘nggi paytlarda ispaniyalik vinger Usmonga raqobatda yutqazyapti.
Kecha bo‘lib o‘tgan "Malorka"ga qarshi o‘yinda Dembeleda tomoq og‘rig‘i bo‘lganiga qaramay, u 15 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaziyatda ham Xavi yangi kelgan o‘yinchiga imkoniyat bergani yo‘q.
Bu mavsum 26 yoshli futbolchi La Liganing 9 ta o‘yinida ishtirok etib, 2 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar