Xaynkes "Bavariya" yirik transferlarni amalga oshirishi lozim deb hisoblaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxennning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Yupp Xaynkes klub akademiyasi va selektsiya xizmatining ishlaridan qoniqish hosil qilmayapti.

“Biz jamoada uzoq muddat yuqori saviyada o‘ynaydigan futbolchilarni etishtirib chiqarishimiz lozim. Biz bularni biroz unitib qo‘ydik. Asosiy tarkibda o‘ynaydigan so‘nggi akademiya tarbiyalanuvchisi David Alabadir. “Bavariya” futbolchilarning yoshi va transfer summasidan qat’iy nazar ularni sotib olishi lozim. Xattoki, super yulduz bo‘lsa ham”, – deb uning so‘zlarini keltirdi Goal.com sayti.

Ma’lumot uchun, Xaynkes Robert Levandovskining safdan chiqqani bois, yoshlar jamoasidan Kvasi Okere Vridt(23 yosh) hamda Manuel Vintsxaymerlarni asosiy jamoaga jalb etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!