Xoland Gvardiola bilan urishib qolganini tasdiqladi

  • 12 avgust, 2023, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland “Byornli” bilan bo‘lgan o‘yinda bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan janjallashib qolganiga izoh berdi.

- Pep Gvardiola bilan kelishmovchilik Bernardu Silva menga pas bermagan vaziyat tufayli kelib chiqdi. Men pas so‘rayverganim uchun bosh murabbiyning jahli chiqib ketdi.

Hamma ko‘rib turibdi, men o‘z o‘yinimni rivojlantirib kelyapman. Men har kuni bor kuchim bilan harakat qilyaman.

Gvardiola bilan ishlash rohat bag‘ishlaydi. Yosh o‘yinchi chun undan yaxshiroq murabbiy bo‘lmasa kerak. Men ham hali yoshman, shuni unutmang. Atrofimdagi vaziyatdan bahra olib, maydonda to‘p tepyaman, - dedi Erling Xoland.

Xoland Premer-liganing dastlabki uchrashuvida “Byornli” davrozasiga ikkita to‘p kiritib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!