Xoland "merganlikda" Nunesdan ham o‘tib ketdi

  • 25.04.2024 19:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erling Xoland bu mavsum Premer-ligada foydalanilmagan vaziyatlar bo‘yicha etakchilik qilmoqda. 

"Manchester Siti" hujumchisis Angliya chempionatining 34 turi davomida 30 ta golli imkoniyatdan foydalana olmagan. Ayni damda u chempionat to‘purari hisoblanadi (20 ta gol). 

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onani Darvin Nunes egalladi. "Liverpul" hujumchisi mavsum davomida 11 ta gol urgan va 26 ta golli vaziyatdan foydalana olmagan. 

Uchinchi pog‘onadan "Chelsi" forvardi Nikolas Jekson va "Aston Villa" straykeri Olli Uotkins 20 ta imkoniyat bilan joy olgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!