
Xoland Pogbaning uyidan boshpana topdi
“Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan Erling Xoland yangi shahardan o‘ziga uy topdi. Mirror nashrining xabar berishicha, norvegiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ni tark etgan Pol Pogba yashagan narxi 3,5 million evro turadigan hashamatli uyni ijaraga olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Pogba Angliya premer-ligasining birorta klubi bilan shartnoma tuzmoqchi emas va katta ehtimol bilan mamlakatni tark etadi. U yashagan uy esa bo‘shab qoladi.
Bu hashamatli uy tarkibiga beshta yotoqxona, trenajyor zali, basseyn, sauna va yopiq futbol maydoni kiradi.
Erling Xoland frantsiyalik futbolchi uyni tezroq bo‘shatishini kutmoqda.
Fikrlar