Klopp Xolanddan yuz o‘girdi

  • 8 aprel, 2022, 15:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasiga “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni taklif qilmasligini bildirdi. Germaniyalik mutaxassis 21 yoshli hujumchining narxini aqlbovar qilmas darajada, deb hisoblamoqda.

Tecno

Yozda Norvegiya terma jamoasi hujumchisini transfer qiladigan klub Xolandni qo‘lga kiritish uchun 300 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu summa ichida transfer uchun badal, o‘yinchining maoshi va bonuslaridan tashqari uning otasiga va agenti Mino Rayolaga to‘lanishi shart bo‘lgan o‘ta katta miqdordagi komissiyalar ham kiritilgan.

Biz Xolandni olishga harakat qilmaymiz. Bu transfer muhokamasida o‘rtaga qo‘yilayotgan summalar aqlbovar qilmas darajada. Endi bularga aloqamiz yo‘q. Hech qanday imkoniyat qolmadi. To‘g‘risi, o‘zim ham bu transferni istamayman. Buning qizig‘i yo‘q, -dedi Yurgen Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
gerard
08/04/2022 11:55
YNWA Xollandni M. Siti olsin
Liverpool aql bn ishlaydigan komada