
XOQ Osiyoning etti olimpiya etakchilarini tanlab oldi
Jahonning 25 mamlakat va besh qit’asidan keladigan vakillar dunyoni sport imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘zgartirish uchun faoliyat olib boradi. XOQning yosh etakchilari Olimpiya elchilari sifatida aniq mavzular bo‘yicha tashkilot uchun Olimpiya harakatini yanada kengaytirish, O‘yinlar va Olimpiada qadriyatlarini butun jahonda targ‘ib etishda faol rol o‘ynaydi.
XOQ prezidenti Tomas Bax bu haqida: “Biz hammamiz Olimpiya hamjamiyatida dunyoni sport yordamida yaxshilash harakatini qo‘llab-quvvatlaymiz. “Yosh etakchilar” butun jahondagi yoshlarga ushbu g‘oyani o‘z jamoalarida amalga oshirish imkoniyatini yaratadilar”, – dedi.
Yakunda Aleksis Lin (Xitoy Xalq Respublikasi), Rishav Bxoumik (Hindiston), Sangyun Li (Koreya Respublikasi), Mayssa Bsaybes (Livan), Tanya Li (Malayziya), Lourens Tan (Filippin) va Dxukxilan Jivamani (Singapur) XOQ tomonidan tanlab olingan Osiyoning yosh etakchilari bo‘ldilar.
Fikrlar