
Xorijlik sharhlovchi: Ishonamanki, Eldor Shomurodov "Jenoa" muxlislarining ishonchini qozona oladi
Rossiyalik sport sharhlovchisi Gennadiy Orlov "Rostov"dan Italiyaning "Jenoa" klubiga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik nashrining ma’lum qilishicha, rossiyalik sharhlovchi hamyurtimiz "Jenoa"ning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topishi va muxlislar mehrini qozonishiga ishonadi.
Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi
Shomurodov "Yuventus"dagi o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? Turin klubida o‘ynagan hamyurtimiz javob berdi
- O‘zbek diyorida ham iqtidorli futbolchilar bor. Samarqand yoki Toshkentning biror bir joyidan Evropada o‘ynash uchun boradigan o‘yinchi bo‘lib etishish mumkinligini anglash uchun Eldor eng yaxshi namuna. Bu boshqa sportchilar uchun katta rag‘batdir, - dedi Orlov.
Fikrlar