Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) o‘zining rasmiy saytida milliy jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi. 59 yoshli mutaxassis deyarli to‘qqiz yil davom etgan faoliyatini yakunladi.
«Kamtarona kelgan edingiz. Ammo yo‘lingiz — unutilmas sayohat bo‘ldi. Endi esa faxr bilan xayrlashmoqdamiz. Hammasi uchun rahmat — g‘alabalar, yutuqlar, saralash bosqichlari, medallar, birdamlik, hurmat va maydonda ham, undan tashqarida ham Xorvatiya uchun kurashishdagi qat’iyatingiz uchun. Natijalar sizning murabbiy sifatidagi mahoratingizdan darak beradi. O‘yinchilar, shtab a’zolari va raqiblar tomonidan qozongan hurmatingiz esa qanday inson ekaningizni ko‘rsatadi», — deyiladi ittifoq bayonotida.
Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasini 2017 yil oktabrida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 2018 yildagi jahon chempionatida kumush medal, 2022 yildagi jahon chempionatida bronza medal, 2023 yildagi Millatlar ligasida esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2026 yildagi jahon chempionatida xorvatlar 1/16 finalgacha yetib borib, ushbu bosqichda Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar