
Xunuk xabar, Fayzullaev katta yo‘qotish!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich 21 yoshli hujumkor futbolchi Abbosbek Fayzullaev mashg‘ulotlardan birida jarohat olganini aytib o‘tgandi.
Bu xabar Rossiya tomonlarga ham etib bor. Rossiya Premer-ligasini kuzatib borayotgan mutaxassislar darrov o‘z munosabatlarini bildira boshladi.
Bu bejiz emas, albatta. Chunki legionerimiz Rossiya chempionatining eng yorqin o‘yinchilaridan hisoblanadi. Qolarvesa, TsSKAning oldingi chiziqdagi samaradorligi, uchrashuvlardagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan Abbosbek Fayzullaevning harakatlariga bog‘langan.
Klublar miqyosidagi musobaqalarda deyarli har bir uchrashuvda ilk daqiqalardan to‘p tepib kelayotgan Abbosbek milliy terma jamoada ham nihoyat asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi.
Sports.uz portali Rossiya futboli ekspertlarining Abbosbek Fayzullaevning jarohati haqidagi xabarlarga munosabatini keltirishga qaror qildi.
Vladimir PONOMAREV, TsSKAning sobiq futbolchisi:
Fayzullaev jamoani o‘z ortidan ergashtiradigan va oldinga boshlaydigan yigit, uni to‘xtatib qolish juda qiyin.
Abbos juda yaxshi dribling ustasi, to‘p bilan yugura oladi, jamoasi uchun xavfli hujumlar uyushtirib beradi, o‘zi ham zo‘r zarba bera oladi.
Boshida men unga shubha bilan qaragan edim, lekin hozir Abbosning mahorati borgan sari o‘sayotganini tan olaman. Ofarin!
Shu o‘rinda, agar Fayzullaev oldindagi uchrashuvlarda ishtirok eta olmasa, xavotirga tusha boshlaymiz, hatto biroz qo‘rqinchli ham bo‘ladi. Ko‘ramiz, Miralem Pyanich nima qilib berarkin.
Evgeniy ALDONIN, TsSKA sobiq futbolchisi:
Abbosbek Fayzullaevning mavsum qizg‘in pallaga kirganida o‘yini qovushib borayotgani juda yaxshi. Chunki har bir uchrashuvda ochko olish kerak.
Biroq, xunuk xabar tarqadi. Tabiiyki, Fayzullaev jarohat tufayli safdan chiqsa, bu TsSKAning hujum salohiyatiga keskin ta’sir ko‘rsatadi.
Abbosbek jamoa liderlaridan biri. Unga mustahkam salomatlik va tezroq oyoqqa turishini tilayman.
O‘zbekistonlik muxlislarni xotirjam qilgan holda shuni ta’kidlash lozimki, Abbosbek Fayzullaev terma jamoamiz tarkibidagi mashg‘ulotda oyog‘ini shikastlab olganidan keyin darrov shifokorlar nazoratiga olingan.
O‘tkazilgan muolajalar natijasida 21 yoshli hujumkor futbolchi o‘zini ancha tetik va bardam his qilayotgani aytildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari o‘yinchining holati barqaror ekani va navbatdagi bahslarda ishtirok etish imkoniyati yuqori ekanini ma’lum qildi.
Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda TsSKA tarkibida barcha musobaqalarda 13 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va beshta assist yozdirib qo‘ygan.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.
Transfermarkt portali 21 yoshli legionerimizni 6 million evroga baholamoqda. Fayzullaev ayni paytda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan keyingi pog‘onalarni 5 million evroga baholanayotgan “top-5” ligalari vakillari – Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov egallab turibdi.
TsSKA Fayzullaevning jarohatiga qanday munosabat bildirdi?
Shomurodov o‘rniga uch hujumchi!
Fikrlar