Xurshid Xodjaev: "O‘yinimiz asta sekin shakllanib boryapti"

  • 10.04.2022 14:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” klubi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi dastlabki turda safarda “Yangier”ga qarshi bellashuvda g‘alaba qozonganidan xabardorsiz.

Ushbu uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirilgan darvozabon Xurshid Xodjaev ham ayrim vaziyatlarda jamoani gollardan saqlab qoldi. Uning o‘yin borasida bildirgan fikri quyidagicha:

- O‘yin qiyin bo‘ldi. Uchrashuv biroz issiq haroratda boshlandi. Ammo ikkala jamoa ham bir xil sharoitda edi. Xudo yuzimizni yorug‘ qildi.

Bu Kubok bellashuvi bo‘lgani bilan engil o‘yin bo‘lmadi. Chempionat o‘yinidan aslo kam o‘tgani yo‘q. Ayniqsa, safardagi uchrashuvlarda hali o‘zimizning o‘yinimizni yo‘lga qo‘yib olmaganimizni tan olishimiz kerak.

Lekin o‘yinimiz asta-sekin shakllanib boryapti. Murabbiylarning ko‘rsatmasiga binoan standartlardan unumli foydalanish maqsadlarimizdan biri edi va buni amalga oshirdik.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!