Xushxabar! Qatarga qarshi bahs oldidan ikki futbolchimiz safga qaytishi ma’lum qilindi. Ammo...

  • 1 fevral, 2024, 15:30
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi 1/4 final o‘yiniga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Tecno

Otabek Shukurov hamda Umar Eshmurodov respirator kasallik natijasida biroz betobligi sabab so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok eta olmadi. O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, shifokorlar ikkala futbolchimiz bo‘lajak o‘yinga qadar tuzalib, safga qaytishini ma’lum qilmoqda.

Afsuski, Sherzod Nasrullaevning jarohatdan to‘liq tiklanishi qiyin kechmoqda va u turnirda ishtirokini davom ettira olmaydi. Tibbiy shtab, murabbiylar va klubdagi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Nasrullaevning muolajalarini O‘zbekistonda davom ettirishga ruxsat berildi.

Igor Sergeev O‘FA taklifiga ko‘ra AQShlik taniqli jarroh doktor Zikria Bashir tomonidan “Aspetar” klinikasida operatsiya qilindi. Shifokorlarning dastlabki taxminlarga ko‘ra, futbolchimiz to‘liq tiklanishi uchun 8 oy atrofida vaqt talab etiladi.

Jamoamizning barcha a’zolariga salomatlik tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АЛИ
01/02/2024 21:19
Игра соглик тилаймиз тезрок оёкка туриб кетсин
Toshov Axmadjon
01/02/2024 18:23
Колганлар саломат булсин камида финалга чикайлик