
Xushxabar! RPLda o‘ynayotgan legionerimizga grand jamoa qiziqmoqda
Rossiyaning "Spartak" jamoasi "Nijniy Novgorod" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli chap qanot himoyachisini Moskva klubi bir necha oydan buyon kuzatib kelmoqda. Ayniqsa, "Nijniy Novgorod" - "Spartak" uchrashuvida hamyurtimiz gol urganidan so‘ng ularning qiziqishi yana ham ortgan.
Bu mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi nijniy novgorodliklar safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar