
Yangi jamoada Messi va Ronaldu birga o‘ynaydi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri o‘zining orzular jamoasini tuzib chiqdi. Iste’dodli futbolchi o‘z jamoasiga faoliyati “Barselona” bilan kesishgan o‘n nafar futbolchini kiritdi. Boshqa klublar sharafini himoya qilgan yagona o‘yinchi esa Krishtianu Ronaldu bo‘ldi.
- Orzular jamoasini “Barselona” futbolchilaridan tuzsam bo‘ladimi? Darvozada ter Shtegen. O‘ng qanotda mening kumirim va do‘stim Dani Alves. Himoya markaziga Pike va Erik Garsiyani, chap tomonga Jordi Albani qo‘yaman.
Yarim himoya Buskets, Ronaldino va Xavidan iborat bo‘ladi. Hujumda Inesta, Messi va Ronaldu o‘ynaydi, - dedi Pedri.
19 yoshli Pedri joriy mavsumda “barselona” safida 18 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar