
"Yangier-quruvchi" bosh murabbiyi: "Andijon" legionerlari klubga hali ko‘p yordam beradi"
“Andijon” jamoamiz pro liganing 2-turida 13 mart kuni o‘z maydonida “Yangier-quruvchi” klubiin qabul qiladi. Ayni paytda ikkala jamoa ham bo‘lajak bahsga hozirlik ko‘rmoqdalar. “Yangier-Quruvchi” jamoasi bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov “Andijon” haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Viktor Kumikov asosan uzun paslar va standartlarga e’tibor beradi. “Zomin”da ham xuddi shu usulda o‘ynadi, lekin ko‘p narsa o‘xshamadi. Balki chempionat boshi bo‘lgani uchunmi, bilmadim. Bo‘ydor legionerlar klubga hali ko‘p yordam beradi. 4-5 turdan keyin ko‘p narsa aniq bo‘lib qoladi.
Chap qanot vingeri 17-raqamdagi futbolchi (Farhod Sohibjonov) yaxshi taassurot qoldirdi. Vladimir Bubanya boshchiligidagi legionerlar standartlarda ancha xavfli. To‘g‘risi, “Andijon” kichik hisobda yutsa kerak, deb o‘ylagandim.
“G‘ijduvon”ga qarshi bahsdan keyin yigitlarga ikki kunlik dam bergandik. Endi “Andijon”ga qarshi mashg‘ulotlarni boshladik. Futblchilarni kayfiyati yaxshi. Har bir o‘yinga raqib jamoaga qarab mashg‘ulotlar olib boriladi”, - deya fikr bildirdi, Qodirqulov.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar