Yanvarda kelgan hujumchi fevralda eng zo‘riga aylanib oldi

  • 07.03.2022 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

22 yoshli futbolchi o‘tgan oy turinliklar safida 6 ta bahsda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" Vlaxovichni joriy yilning yanvar oyida "Fiorentina"dan 82 million evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!