
Yaya Ture qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Yaya Ture Angliyadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergandik.
Sina.com nashrining xabar berishicha, 36-yoshli xavbek Xitoyning Tsindao shahri aeroportiga etib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ture "Tsindao Xaynyu" klubi safiga o‘tishni rejalashtiryapti.
Aytib o‘tish joizki, "Tsindao Xaynyu" Xitoyning qo‘yi ligasida faoliyat olib borayotgan futbol klubidir.
Tsindao shahrining xalqaro aeroportida Tureni jurnalistlar va klub muxlislari kutib olishdi.
Fikrlar