Yulduzimiz “Manchester Yunayted”ga o‘tmaydi!

  • 8 avgust, 2022, 18:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumkor futbolchisi Leroy Sane “Manchester Yunayted”ga transfer qilinmaydigan bo‘ldi.

- Sanening “Manchester Yunayted”ga o‘tishi yolg‘on. Leroy biz uchun juda muhim futbolchi. Boshqa gap ortiqcha, - dedi “Bavariya” sport direktori Hasan Salixamidjich.

26 yoshli Sane 2016-2020 yillar davomida “Manchester Siti” sharafini himoya qilib, jami ettita sovringa ega bo‘lgan.

Undan oldin germaniyalik o‘yinchi o‘zini tarbiyalagan “Shalke” safidda to‘p tepgan.

Anglimya premer-ligasidagi faoliyatidan keyin “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan hujumkor futbolchi Myunxenliklar bilan oltita sovrinni qo‘lga kiritib ulgurdi. Xususan, uning kollektsiyasidan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medali ham o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!