Yuliya Gyorgesning ham omadi kelib qoldi
Germaniyalik Yuliya Gyorges Nyu-York shahrida o‘tayotgan Amerika ochiq chempionatining uchinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Yuliya ushbu bosqichda mezbonlar vakili Franchesku Di Lorentsoni dastlabki setda 7:5, ikkinchi setda esa birorta ham geymni boy bermagan tarzda mag‘lub etdi.
Shu tariqa Gyorges "US Open" turnirining to‘rtinchi davra yo‘llanmasin uchun o‘tadigan o‘yinda gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar