
“Yunayted” jamoani kuchaytiradigan futbolchi topdi
Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olganidan keyin o‘n nafardan ziyod futbolchi jamoadan ketishi aytilmoqda.
Niderlandiyaning mutaxassis tarkibni o‘zi istagan darajada shakllantirish vakolatini olgan. Unga ko‘ra, klub mutasaddilari bosh murabbiy so‘ragan o‘yinchilarni olib kelishi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, Erik ten Xag birinchilardan bo‘lib ”Vilyarreal” yulduzi Pau Torresni olmoqchi. Bu transferni amalga oshirish uchun manchesterliklar 50 million evro taklif qilyapti, deb yozdi Marca nashri.
Erik ten Xagga yoqib qolgan 25 yoshli Pau Torres yakunlangan mavsumda 47 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar