Yurgen Klopp: "Menimcha, finalga loyiqmiz"

  • 4 may, 2022, 11:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL joriy mavsumining birinchi finalchisi "Liverpul" "Vilyarreal"ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Biz o‘zimizga o‘zimiz qiyinlashtirdik, ammo g‘alaba qozonishni uddaladik. Bellashuv oldidan shunday bo‘lishi mumkinligini bilardik. 

Voqealar rivoji sizning stsenariyingiz bo‘yicha ketmasa, vaziyatga qanday reaktsiya bildira olishingiz juda muhim. O‘tkazib yuborilgan tezkor gol bizning rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Ular o‘yinni ancha yaxshi boshlagandi. 

Agar "Vilyarreal" ikkinchi taymda ham shunday o‘ynashda davom etganida, finalga chiqishi mumkin edi. Ammo hal qiluvchi bellashuvga yo‘llanmani biz qo‘lga kiritdik va menimcha, bunga loyiqmiz",-dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!