
Yurgen Klopp qaysi jamoa EChL finaliga chiqishi mumkinligini taxmin qildi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Napoli"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men ertangi o‘yindan xavotirlanganim yo‘q va ushbu bahsni intiqlik bilan kutaman. “Napoli” qaysi jabhalarda yaxshi ekanini bilaman: ular zo‘r himoyalana olishadi va yaxshi qarshi hujum uyushtiradi. Agar "Napoli" hozirgidek o‘ynasa, Chempionlar ligasi finaliga chiqishi mumkin", - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi "The Liverpool Echo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" va "Liverpul" o‘rtasidagi bellashuv 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar