
"Yuventus" "Arsenal"ning rejalarini barbod qilishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi himoyachi Vilyam Karvalyu uchun “Sporting”ga 40 mln evro to‘lashga tayyor. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash lozimki, futbolchining shartnomasida belgilangan kompensatsiya summasi ham aynan 40 mln evroni tashkil etadi. Bundan avvalroq 25 yoshli futbolchi Londonning “Arsenal” klubiga o‘tishni rejalashtirayotgan edi, biroq Turin super klubining ushbu taklifi uning rejalarini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Karvalyu o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatida jami 32ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar